Chikago, Illinoys, AQShda 75-100% grant bo’yicha magistr darajasini oling
Chicago-Kent College of Law, Illinois Tech, AQSh -yuqori reytingga ega bo‘lgan yuridik maktab, Texnik universitet tarkibiga kiruvchi bir nechta yuridik maktablardan biri hisoblanadi, u Amerika huquq maktabi (School of American Law) bilan birgalikda yuristlar, advokatlar, huquq sohasidagi bakalavriatning oxirgi kurs talabalari, shuningdek boshqaruv ma’muriy xodimlar uchun 75-100% grant asosida ikkita o’zaro bog’liq dastur ochilganligini e’lon qiladi.
Chikago, Illinoys, AQShda 75-100% grant bo’yicha magistr darajasini oling
Chicago-Kent College of Law, Illinois Tech, AQSh -yuqori reytingga ega bo‘lgan yuridik maktab, Texnik universitet tarkibiga kiruvchi bir nechta yuridik maktablardan biri hisoblanadi, u Amerika huquq maktabi (School of American Law) bilan birgalikda yuristlar, advokatlar, huquq sohasidagi bakalavriatning oxirgi kurs talabalari, shuningdek boshqaruv ma’muriy xodimlar uchun 75-100% grant asosida ikkita o’zaro bog’liq dastur ochilganligini e’lon qiladi.
School of American Law (SAL) dasturi
School of American Law (SAL) dasturi
- SAL dasturi 2 semestrdan ko’proq davom etadi (2023 yil sentyabr – 2024 yil may) va huquq magistri darajasini olish uchun 10 ta fandan iborat kursni tashkil qiladi
- SAL o’quv kursini onlayn tarzda yoki haftada bir marta dam olish kunlari Toshkentda, O’zbekistonda, auditoriyada olish mumkin.
- SAL ta’limi Chicago-Kent professorlari tomonidan olib boriladi, ular o’qitadigan sohada ishlaydigan eng yaxshi yurist-huquqshunoslardan hisoblanadi. SAL ilmiy va pedagogik xodimlari mamlakatning eng yaxshi o’qituvchilaridan tashkil topgan.
- TOEFL yoki IELTS topshirish shart emas
- Huquqshunoslik sohasida ingliz tilini o’qitish kursi o’quv dasturining tarkibiga kiradi
- SAL dasturi bo‘yicha o’qish narxi 5800 AQSh dollarini tashkil etadi va uni bir necha qismga bo‘lib to’lash mumkin
- O‘qishga kiruvchilar uchun malakaviy talablar:
- Huquqshunoslik bo’yicha bakalavr diplomi yoki huquqshunoslik bo’yicha bakalavr darajasiga ega bo’ladigan so’nggi o‘quv yili
- Boshqaruv sohasida 3 yillik ish tajriba bilan biznes-boshqaruv, bank, moliya, davlat siyosati, texnologiyalar sohasining diplomi
- Yaxshi yozma va og’zaki ingliz tili (TOEFL/IELTS sertifikati talab qilinmaydi)
- Kirish suhbatidan muvaffaqiyatli o’tish
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2023 yil 15-July
Hujjatlar elektron shaklda quyidagi manzillarga yuboriladi: [email protected] va [email protected]
- Nomzodning to’liq ism va aloqa ma’lumotlari bilan ingliz tilidagi rezyume
- Diplom(lar)ning nusxasi yoki institutdan ma’lumotnoma
- Pasport yoki ID nusxasi
Yoki onlayn anketani to’ldiring
Chicago-Kent College of Law, Illinois Tech-da huquq magistri darajasini olish
Chicago-Kent College of Law, Illinois Tech-da huquq magistri darajasini olish
- Huquq magistri darajasini olish dasturi bo‘yicha o‘qish Chikago, Illinoys, AQShda o‘tkaziladi
- 75% SAL bitiruvchilarining grant olishi kafolatlanadi
- 8. boshlab yakuniy GPA (baholarning o‘rtacha balli) to‘plagan 100% SAL bitiruvchilari ta’lim grantiga ega bo‘ladilar
- SAL bitiruvchilari U.S., International and Transnational Law-da bir semestrda huquq magistri darajasini oladilar
- SAL bitiruvchilari Chicago-Kentda ikki semestrda quyidagi talabgor yo’nalishlardan biri bo’yicha huquq magistri darajasini olishlari mumkin: Global Business & Financial Service Law, Legal Innovation & Technology, Trial Advocacy, International Intellectual Property Law
- SAL bitiruvchilariga viza hujjatlarini tayyorlash va uy-joy topishda yordam beriladi
- SAL bitiruvchilari TOEFL imtihonidan ozod qilinish huquqiga ega bo‘ladilar
- Magistr darajasini olish uchun o’qish narxi 10 000 AQSh dollarini tashkil etadi, uni bir necha qismlarga bo‘lib to’lash mumkin. Ilgari ushbu o‘qishning narxi 43 860 AQSh dollarini tashkil etgan.
- SALni tugatgandan so’ng huquq magistri dasturi bo’yicha o’qishni darhol boshlash yoki SALni tugatgandan so’ng boshqa istalgan semestrda uch yillik o’qishni boshlash mumkin
- Internship: Chicago-Kent yuridik guruhining ilg’or bo’limlaridagi amaliy tajriba o‘zingizning mamlakatingizda karyera qilish imkoniyatini beradi
- Eksternship: Chicago-Kent Chikagodagi yuridik hamjamiyat, yetakchi xususiy yuridik firmalar, korporatsiyalar va ko’plab inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bu sizning tajribangizning bir qismiga aylanadi.
- Talabalar OPT negizida qo’shimcha tajribaga ega bo’lishlari mumkin, ya’ni Chicago-Kentda ikki semestr o’qigan talabalar AQShda OPT olish huquqiga ega bo’ladilar (o’qishdan keyin 12 oy davomida ishlash uchun ruxsat)
- Chicago-Kentda ikkita semestrni tugatgandan so’ng, bitiruvchilar AQShda BAR imtihonlarini topshirishlari mumkin
- Chicago-Kent juda qulay joyda joylashgan. Talabalar shaharchasi mamlakatning yetakchi yuridik va moliyaviy bozorlaridan biri bo‘lgan shovqin va gavjum Chikago shahrining qoq yuragida joylashgan, yuridik maktab esa Chikago-Lupda, shahar sudlari, hukumat markazlari va ko’plab yuridik muassasalardan bir necha kvartal narida joylashgan.
- Chicago-Kent reytingi:
Elektron pochta orqali savollar berishingiz va ularga javob olishingiz mumkin:
[email protected]
[email protected]